К основному контенту

O’zbekiston milliy valyutasini bilasizmi

O'zbekiston Republikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 16 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 1994 yil 1 iyuldan so‘m muomalaga kiritildi – mamlakatimiz mustaqil valuta siyosatini yuritish imkoniga ega bo‘ldi. Bu mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatimizning oyoqqa turib olishida, siyosatu iqtisodda erkinligini ta’minlashda muhim omil bo‘ldi.

1994-2017 yillarda O`zbekiston Respublikasidada quyidagi pul birliklari muomalaga kiritilgan 
- 1994 yilning 1 iyulidan boshlab, O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasining 1994 yil namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 so`m bo`lgan banknot (qog`oz pul) lar hamda qiymati 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyin bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi;






- 1997 yilning 1 martidan boshlab 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so`m bo`lgan banknotlar hamda qiymati 1, 5 va 10 so`m bo`lgan metall tangalap muomalaga kiritildi; 
- 1999 yilning 20 oktyabridan boshlab Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyiga bag`ishlab, 1999 yil namunasidagi qiymati 25 so`m bo`lgan esdalik metall tangalar muomalaga kiritildi;
- 2000 yilning 1 iyundan boshlab 1999 yil namunasidagi qiymati 500 so`m bo`lgan banknotlar muomalaga kiritildi;
- 2001 yilning 1 sentyabridan boshlab 2001 yil namunasidagi qiymati 1000 so`m bo`lgan banknotlar va O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligiga bag`ishlab 2001 yil namunasidagi qiymati 5, 10 va 50 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi;
- 2013 yilning 1 iyulidan boshlab 2013 yil namunasidagi qiymati 5000 so`m bo`lgan banknotlar muomalaga kiritildi. 
-2017-yilning 10-martidan boshlab Markaziy bank tomonidan qiymati 10000 so'm (o'n ming so'm) bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul chiqarildi.
-2017 yilning 22 avgustidan boshlab Markaziy banki qiymati 50000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomlaga chiqaradi

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Ichki suvlari va suv boyliklari

Ichki suvlarga daryolar, ko’llar, yerosti suvlari kiradi, ular faqat iqlimga emas, balki tabiatning boshqa elementlariga ham bog’liq.  O’zbekistonda ichki suvlar quyidagicha joylashgan: 18 mingga yaqin daryo, daryocha, soy bo’lib, uning 10 mingi Amudaryo havzasida, 5 mingi Sirdaryo havzasida, qolganlari o’sha ikki havza orasidagi hududlarda joylashgan. Respublikamiz hududida 525 ta ko’l boiib, ularning aksarivati kichik. Hozir O’zbekistonda 53 ta suv ombori bo’lib, ularning foydali suv sig’imi 15 km.kubni tashkil etadi.  O’zbekiston hududida umumiy maydoni 154,2 km.kv bo’lgan 525 ta muzlik bo’lib, ular Surxondaryo, Qashqadaryo, Chirchiq (Piskom) daryolarining yuqori oqimida joylashgan. O’zbekiston ichki suvlari orasida insoniyat hayoti va xo’jalik faoliyati uchun eng muhimi daryolardir.      Daryolar.   Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo’yicha notekis taqsimlangan. Daryolar, asosan, tog`lardan boshlanadi, tekislik...

Kuchuklar haqida keng tarqalgan 7 ta afsona

Kuchuklarni bekorga odamning eng yaqin do’stlari deb atashmaydi, axir ular ko’pgina ming yilliklar davomida bizning oldimizda bizga yordam berib, qo’llab quvvatlab va shunchaki turmush hayotimizni ranglarga to’ldirib yashashadi.  Ko’pgina itboqarlar ta’kidlashlaricha, bu uy hayvonlari bilan suhbatlashish bebahodir, ularning boshqa musbat tomonlari ya’ni uyni qo’riqlash haqida gapirmasak ham bo’ladi. Tabiiyki, bu o’tkir tishli ajoyib jonzotlar bilan bog’liq yolg’on va bo’lmag’ur afsonalar bu kabi uzoq vaqt davomida paydo bo’ldi va qattiq o’rnashib oldi. Va eng qayg’ulisi shundaki, bu afsonalar bizning miyamizda munozarasiz faktlar tariqasida joylashib olgan. Ulardan qaysilari eng keng tarqalgani ekan?  1. Kuchuklar ranglarni ajrata olmaydi Qandaydir tushunarsiz sabablarga ko’ra, kuchuklar bizning dunyomizni oq-qora ranglarda ko’radi deb hisoblanadi. Bu afsona juda uzoq vaqt davomida bo’lgan (va hozir ham bor), ammo tadqiqotlar buning aksini ko’rsatgan. Fakt: ...

Dunyodagi eng chiroyli qizaloq haqida bilasizmi?

Xorij ommaviy axborot vositalari rossiyalik Anastasiya Knyazevani dunyodagi eng chiroyli qizaloq deya tan olib, uning ko’zlariga “Farishtalar nigohi” deb ta’rif berishdi. Nastya endigina 6 yoshga to’lganiga qaramay modellik faoliyatida anchagina yutuqlarga erishib ulgurgan. Bundan avvalroq “Eng chiroyli qizaloq” unvoni fransiyalik Tilan Blondo va rossiyalik Kristina Pimenovaga tegishli bo’lgan. Qizaloqning onasi Anna ham bir vaqtlar model bo’lib ishlagan va ayni paytda Instagramda Nastya haqidagi sahifani olib boradi. Mazkur sahifaga yarim million kishi a’zo bo’lgan.