Kuchuklarni bekorga odamning eng yaqin do’stlari deb atashmaydi, axir ular ko’pgina ming yilliklar davomida bizning oldimizda bizga yordam berib, qo’llab quvvatlab va shunchaki turmush hayotimizni ranglarga to’ldirib yashashadi.
Ko’pgina itboqarlar ta’kidlashlaricha, bu uy hayvonlari bilan suhbatlashish bebahodir, ularning boshqa musbat tomonlari ya’ni uyni qo’riqlash haqida gapirmasak ham bo’ladi. Tabiiyki, bu o’tkir tishli ajoyib jonzotlar bilan bog’liq yolg’on va bo’lmag’ur afsonalar bu kabi uzoq vaqt davomida paydo bo’ldi va qattiq o’rnashib oldi. Va eng qayg’ulisi shundaki, bu afsonalar bizning miyamizda munozarasiz faktlar tariqasida joylashib olgan. Ulardan qaysilari eng keng tarqalgani ekan?
1. Kuchuklar ranglarni ajrata olmaydi
Qandaydir tushunarsiz sabablarga ko’ra, kuchuklar bizning dunyomizni oq-qora ranglarda ko’radi deb hisoblanadi. Bu afsona juda uzoq vaqt davomida bo’lgan (va hozir ham bor), ammo tadqiqotlar buning aksini ko’rsatgan. Fakt: Kuchuklar olamni rangli ko’rishadi, biroq bu ko’rishni odamga xos ko’rish qobiliyati bilan taqqoslab bo’lmaydi, albatta. Ko’z setchatkasining maxsus tuzilganligi sabab, kuchuk rang spektrining ko’k qismini yaxshiroq va aniqroq ko’radi.
2. Kuchukning issiq va quruq burni uning kasalligi belgisidir
Bu balkim, itlar haqidagi eng bo’lmag’ur gap bo’lsa kerak, qizig’i, ko’pgina kuchuk boquvchilar o’z jonivorlarining sog’ligi haqida natija chiqarmoqchi bo’lganlarida, doimo ayni shu “alomat” dan foydalanishadi. Fakt: Kuchuk burning namligi yoki temperaturasi uning uning sog’ligi holatini bildirishi shart emas. Aslida kuchuklar ertalablari doimo quruq burun bilan turishadi, va bu oddiy holat.
3. Siz qari kuchukni hech qachon yangi harakatlarga o’rgata olmaysiz
Ushbu maqolning mazmunini ko’pgina odamlar so’zma-so’z qabul qilishadi. Biroq o’rgatuvchanlik aslida yosh soniga qarab emas, kuchukning xarakteri va qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Fakt: So’zsiz, katta yoshli kuchukni yosh kuchukka nisbatan, harakatlarga o’rgatish ancha qiyinroq, ammo buning iloji bor. Muammo shundaki, Yoshi katta itning reflekslari va ko’rish qobiliyati unchalik yaxshi emas, va aynan shu o’rgatishni qiyinlashtiradi.
4. Kuchuk yoshini odam yoshiga nisbatan 1:7 koeffitsienti yordamida hisoblash mumkin
Bu juda keng tarqalgan tushuncha, va albatta absolut noto’gri gap, biroq odamlar uning chinligiga astoydil ishonishadi. Fakt: Kuchuklar odamzotga nisbatan tezroq o’sadi, ammo bu o’sish aslida, ularning yoshliklarida intensivdir, keyinchalik bu temp sezilarli darajada pasayadi. Haqiqatda kuchukning rivojlanishi, ulg’ayishi va qarishi – uning turi va hajmi kabi faktorlarga bog’liq.
Bu juda keng tarqalgan tushuncha, va albatta absolut noto’gri gap, biroq odamlar uning chinligiga astoydil ishonishadi. Fakt: Kuchuklar odamzotga nisbatan tezroq o’sadi, ammo bu o’sish aslida, ularning yoshliklarida intensivdir, keyinchalik bu temp sezilarli darajada pasayadi. Haqiqatda kuchukning rivojlanishi, ulg’ayishi va qarishi – uning turi va hajmi kabi faktorlarga bog’liq.
5. Urg’ochi kuchukni sterilizatsiya qilishdan oldin, unga bir marta tug’ishi kerak
Itboqarlar rioya qiladigan yana bir butunlayin afsona shu ki, ular tug’magan urg’ochining sterilizatsiya qilinishi uning hayotini xavf ostiga qo’yadi. Fakt: Ushbu afsonani isbotlovchi biror bir aniq isbot mavjud emas. Ammo sterillangan kuchuklar (tuqqan va tug’magan) jiddiy kasallanish ehtimolidan ancha yiroq.
Ba’zan tishlashga olib keluvchi xavfli adashish. Juda to’g’ri, kuchuklar o’z xursandchilik va baxtlarini namoyon qilish uchun tez-tez dumlarini likillashadi, ammo dum harakatlari boshqa hissiyotlar belgisi ham bo’lishi mumkin. Fakt: Kuchuk badaning tili juda qiziq va unchalik oddiy emas. Dumni likkillatish chindan ham xursandlik va mehmondo’stlikni anglatadi, ammo ba’zi holatlarda dumni birdaniga qimirlatish bu xavotirlanish va hatto qo’rqinch belgisi, va bu agressiyaga olib kelishi mumkin.
Biz hammamiz ishonchimiz komilki, porodasiz kuchuklar qoni toza kuchuklarga nisbatan chidamliroq, ammo afsuski, bu ham afsona va xato fikr. Fakt: Bu xato fikr, lekin shunday bo’lishiga qaramasdan, u ko’pgina it boquvchilarning ularni tanlashda ta’siri bor. Haqiqatda, porodali ham, porodasiz kuchukchalar bir xil kasalliklar va infeksiyalarga va tashqi xavfga duchor bo’lishadi.
Комментарии
Отправить комментарий