К основному контенту

Сообщения

Показаны сообщения с ярлыком "Taniqli insonlar"

Stiv Jobs: hayoti va faoliyati

Stiv Djobs – “Apple Computers” ning asoschisi. Uning rahbarligi ostida kompaniya dunyoga bir qator yangi texnologiyalarni, shu jumladan iPhone va iPad ni taqdim etdi.   Ismi: Stiv Djops (Steve Jobs)  Tug’ilgan sanasi: 24 fevral 1955 yil Tug’ilgan joyi: San-Fransisko shahri, AQSH Vafot etgan sana: 2011. 10.05 (56 yosh) Burji:Baliq Muchali: Echki Faoliyati: Muhandis, tadbirkor  Bolalik yillari Stiv Djobs 1955 yilda San-Fransisko shahrida (AQSH,Kaliforniya shtati) Viskonsiya Universitetining bitiruvchi talabalari oilasida dunyoga keldi. Biroq ota-onasi hali ism ham qo’yilmagan bolani boshqa oilaga berib yuboradi. Uni Klara va Pol Djobslar boqib oladilar va Stiv Pol Djobs deb ism qo’yadilar. Klara hisobchi, turmush o’rtog’i Pol esa mashinist lavozimlarida mehnat qilishar edi. Stivning yoshligida otasi unga elektr asboblarini sochib, qaytadan yig’ishni o’rgatar edi. Bu qiziqish bolada o’ziga va kuchiga ishonch hissini uyg’otdi hamda elektronika bilan do’stlashishiga turtki bo’ldi.