К основному контенту

Ichki suvlari va suv boyliklari

Ichki suvlarga daryolar, ko’llar, yerosti suvlari kiradi, ular faqat iqlimga emas, balki tabiatning boshqa elementlariga ham bog’liq. O’zbekistonda ichki suvlar quyidagicha joylashgan: 18 mingga yaqin daryo, daryocha, soy bo’lib, uning 10 mingi Amudaryo havzasida, 5 mingi Sirdaryo havzasida, qolganlari o’sha ikki havza orasidagi hududlarda joylashgan. Respublikamiz hududida 525 ta ko’l boiib, ularning aksarivati kichik. Hozir O’zbekistonda 53 ta suv ombori bo’lib, ularning foydali suv sig’imi 15 km.kubni tashkil etadi. O’zbekiston hududida umumiy maydoni 154,2 km.kv bo’lgan 525 ta muzlik bo’lib, ular Surxondaryo, Qashqadaryo, Chirchiq (Piskom) daryolarining yuqori oqimida joylashgan. O’zbekiston ichki suvlari orasida insoniyat hayoti va xo’jalik faoliyati uchun eng muhimi daryolardir.
    Daryolar. 
 Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo’yicha notekis taqsimlangan. Daryolar, asosan, tog`lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug’orishga sarflanib, yerga shimilib, bug’lanib, suvi kamayib qoladi, ayrimlari cho’llarda tugaydi. Faqat Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. Lekin so’nggi yillarda Amudaryo bilan Sirdaryo suvining sug’orishga juda ko’plab sarflanishi sababli ular Orolga juda kam suv keltirmoqda.   O’zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo’yicha bir xil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo’lib, har kv.km maydonga daryoning 20 m uzunlikdagi qismi to‘g‘ri keladi. Aksincha, tog’ va adirlarda daryolar tarmog’i zich. Bunga asosiy sabab, tog’larda tekislikdagiga nisbatan yog’inlar ko‘p tushadi. harorat pastligidan mumkin bo’lgan bug‘lanish va shimilish kam bo’ladi. Natijada yog’inning ko’p qismi daryo oqimiga aylanadi.   O’zbekistonning tog’ daryolari tor o’zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular, asosan, tagini yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi, kema qatnashiga yaroqsiz, lekin gidroenergiyaga boy. Tekislikka chiqqach, daryolar keng vodiyda tarmoqlanib, ilonizi o’zan hosil qilib, sekin oqadi, ko‘proq qirg’oqlarini yemiradi. Bu daryolar kema qatnovi uchun qulaydir. O’zbekistondagi ko’p daryolar Tojikiston va Qirg’izistondagi doimiy qor hamda muzliklardan boshlanadi. O’zbekiston daiyolari to’yinish jihatidan bir xil emas. Respubiikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So’x, Isfara kabi daryolarning bosh qismi 4500 m dan baland tog’lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishidan to’yinadi. Natijada ularning suvi iyun-avgust oylarida ko’payib, yillik oqim miqdorining 30—38 foizini tashkil etadi. Chunki bu oylarda havo haroratining ko’tarilishi tufayli muz va qorlar tez eriydi. Daryo suvining eng kamaygan davri qish oylariga to’g’ri keladi. O’zbekistonning 3400 m balandlikdan boshlanuvchi Sirdaryo, Norin, Qoradaryo. Chirch’q. Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to’yinadi. Bu daryolarda suv may-iyun oylarida juda ko’payib ketadi va yillik oqimining 30— 40 foizini o’tkazadi. Suvining kamayishi dekabr-fevral oylariga to’g’ri keladi. Respublikamizda Qashqadaryo. G’uzordaryo. Sangzor, Ohangaron. G’ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ortmaydigan tog’lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi ertaroq. ya’ni aprel-may oylarida, qorlarning erishi natijasida ko’payadi va yillik oqimning 60 foizi shu oylarga to’g’ri keladi. Yozda daryolar suvi kamava boshlaydi. O’zbekistonning 2000 m dan past tog’laridan boshlanuvchi Zominsuv, Sheroboddaryo, Tursundaryo kabi daryolari, ko‘plab soylar, qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to’yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi bahorda — aprel-may oylarida juda ko’payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil etadi. Aksincha, yozning ikkinchi yarmida daryolar suvi juda kamayib. ba’zi soylarning suvi qurib qoladi.   O’zbekiston daryolari tog’li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko’p qismi muzlamaydi. Faqat nishab kam bo’lgan keng vodiylarigina qisman yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa bir-ikki oy muzlaydi, lekin Respublikamng janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi. Amudaryo O’rta Osiyoning eng sersuv va suv yig’adigan maydoni juda katta bo’lgan daryosidir. Daryoni qadimda arablar Jayhun, yunonlar Oqsu, mahalliy xalqlar Omul deb ataganlar. Sirdaryo O’rta Osiyodagi eng uzun (2982 km) daryo bo’lib, sersuvligi jihatidan Amudaryodan so’ng, ikkinchi o’rindadir. Sirdaryoni arablar Sayhun, yunonlar Yaksart deb ataganlar. Chirchiq daryosi — Sirdaryoning eng sersuv o’ng irmog’idir. U G’arbiy Tyanshan tizmalaridan boshlanuvchi Chotqol va Piskom daryo­larining Chorvoq botig’ida qo’shilishidan vujudga keladi. Chirchiq daryosining uzunligi Chotqol bilan birga 397 km ni tashkil etadi. Chirchiq qor-muz suvlaridan to’yinadi. Uning havzasida umumiy maydoni 121,2 km.kv bo’lgan 251 ta muzliklar bor. Shu sababli uning to’lin suv davri mart-iyun (53 foiz) oylariga, eng kam suv davri esa dekabr-fevral oylariga to’g’ri keladi. Daryoning o’rtacha ko p yillik suv sarfi Xo’jakent yonida sekundiga 224 metr kub, eng ko’pi bahorda sekundiga 2100 metr kub, eng kami qishda sekundiga 22 kub metr. Bir yillik suv resursi esa 7,478 km.kub. Chirchiq daryosi suvining o’rtacha loyqaligi Xo’jakent yonida 0,275 kg/m.ga teng. Zarafshon. Bu daryo Turkiston va Zarafshon tog’lari tutashgan Ko’ksuv tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. U Ayniy qishlog’i yonida Fandaryo bilan qo’shilgach, Zarafshon nomini oladi. Zarafshon ilgari Amudaryoga 20 km yetmasdan Sandiqli cho’li qumlariga shimilib ketar edi. Zarafshon daryosining uzunligi muzlikdan Sandiqli qumlarigacha 877 km edi. Hozirda uning suvi ko’plab sug’orishga sarflanishi sababli u yerlarga yetib bormayapti. Zarafshon daryosining tog’li qismi Tojikistonga, quyi qismi O’zbekistonga qaraydi. Zarafshon muz-qorlarning erishidan to’yinib, to’lin suv davri iyun-avgustga, eng kam suv davri esa qishga to’g’ri keladi. Daryoning o’rtacha suv sarfi Ravothoji to’g‘onida sekundiga 165 kub. m. eng ko’p suv sarfi sekundiga 930 m\kub eng kam suv sarfi sekundiga 24 m/kub. Zarafshon daryosining bir yillik suv miqdori 5,4 km.kub bo’lib, shundan 254 mln.m kub. О`zbekiston hududidan boshlanuvchi (uzunligi 10 km ortiq bo’lgan 137 ta) soylarga, 5,2 km.kv Tojikiston hududida vujudga kelgan oqimga to’g’ri keladi. Bu soylarning suvi bahorda ko’payib, yozda juda kamayib ketadi. Zarafshon daryosi o’rtacha yillik oqimming 55 foizi iyul-sentabr oylariga to’g’ri keladi va bu davrda u juda loyqa bo’lib oqadi. Daryoning o’rtacha loyqaligi Dupulida 0,88 kg/m ga teng. Zarafshon daryosi tog’li qismida tez oqqanligidan muzlamaydi. Tekislik qismida qish sovuq kelganda 76 kungacha, ihq kelganda esa 2-3 kun muzlashi mumkin. Qashqadaryo - Hisor tizmasining g’arbiy qismidan boshlanadi va Muborakka yetmasdan qurib qoladi. Daryoning uzunligi 373 km. Qashqadaryo qor suvlaridan to’yinishi sababli eng ko’p suv sarfi may oyiga, eng kam suv sarfi esa oktabr-dekabr oylariga to’g’ri keladi. Qashqadaryoning o’rtacha ko‘p yillik suv sarfi Varganza qishlog’i yonida sekundiga 5,46 kub.metrni tashkil etadi. Qashqadaryo havzasida (barcha irmoqlarini hisobga olganda) yiliga o’rtacha sekundiga 51,5 kub.m oqim vujudga kelib, shuning 58,3 foizi mart-iyun oylariga to’g’ri keladi.  Surxondaryo - Hisor tog’ tizmasi g’arbiy qismining janubiy yonbag’ridan boshlanuvchi To’polondaryo bilan Qoratog’daryoning qo’shilishidan vujudga keladi. So’ng 196 km masofada oqib Amudaryoga kelib quyiladi.Surxondaryo, asosan, qor va muz suvlaridan to’yinadi. Shu sababli to’lin suv davri mart-iyun oylariga to’g’ri keladi. Bu davrda yillik daryo suvining 65,2 foizi oqib o’tadi. Eng kam suv sarfi sentabr-oktabr oylariga to‘g‘ri keladi. Surxondaryoning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi (Qorovultepa qishlog’i yonida) sekundiga 70,2 kub m ni tashkil etadi. Surxondaryo loyqa daryolardandir. Har kub. metr suvida 290 gramm loyqa bor (Morguzar qishlog’i yonida).  Ohangaron daryosi Chotqol va Qurama tog’laridan suv to’plovchi soylarning qo’shilishidan vujudga kelgan Oqtoshsoy (Chovlisoy) nomi bilan boshlanadi va 236 km masofada oqib, Sirdaryoga quyiladi. Daryo tog’li qismida chuqur va tor o’zanda oqib, Obliq qishlog‘idan o’tgach, o’zani kengayib, oqimi sekinlashadi. Ohangaron daryosining yirik irmoqlari Dukent, Qorabag’ir, Niyozboshsoy hisoblanadi. Ohangaron daryosining to‘yinishida qor suvlarining salmog’i katta. Shu sababli uning to’lin suv davri aprel-may oylariga, eng kam oqimi dekabr-yanvar oylariga to‘g‘ri keladi. Ohangaron daryosining Turk qishlog’i yonida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi sekundiga 23,5 kub. m kubni tashkil etadi. Ohangaron daryosi uncha loyqa emas. O’rtacha loyqaligi har kub. metr suvda 0,170 kg ni tashkil etadi. O’zbekistonda suv boyliklari quyidagicha taqsimlangan: Respublika hududiga yiliga 95,642 km.kub daryo suvlari keladi. Shuni 52,291 km.kub Amudaryo havzasiga, 43,351 km.kub esa Sirdaryo havzasiga to’g’ri keladi. O’zbekiston hududidan esa viliga tashqariga 47,562 km.kub miqdoridagi suv oqib chiqib ketadi. Shuning 36.852 km.kub Amudaryo havzasiga, 11,228 km.kub Sirdaryo havzasiga to’g’ri keladi. O’zbekiston hududining o’zida esa yiliga 9,701 km.kub daryo oqimi vujudga keladi. Shuning 4,620 km.kub Amudaryo (Surxondaryo — 3.033 km.kub, Qashqadaryo — 1,336 km.kub, Zarafshon —254 km.kub) havzasiga, 5,031 km.kub Sirdaryo (Chirchiq — 3,532 km,kub, Ohan­garon — 1,214 km.kub, qolganlari Farg’ona vodiysidagi soylarga) havzasiga to’g’ri keladi. Binobarin, O’zbekiston amalda yiliga o’rtacha 57,781 km.kub atrofida suvdan foydalanadi. Bu suvning 41,472 km.kub Amudaryo havzasiga, 16.309 km.kub Sirdaryo havzasi ulushiga to’g’ri keladi. Ko`llari, suv omborlari va yer osti suvlari.  O’zbekistonda ko’llar hududi bo’yicha notekis taqsimlangan. Ularning aksariyati kichik ko’llar bo’lib. ko’proq daryo vodiylari bo’ylab joylashgan. Ko’llar paydo bo’lishi jihatidan xilma-xildir. Tog’lardagi ko’llar tektonik. to‘siq (to’g’on) va morena ko’llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko’llar yoki zovur-drenaj suvlarining to’plainshidan vujudga kelgandir. O’zbekistondagi tektonik yo’l bilan vujudga kelgan eng katta ko’l Orol ko’lidir. Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko’llari Orol, Mirzacho’ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi oqimidagi Dengizko’l, Somonko’l, Kunjako’l, Sho’rko’l, Farg’ona vodiysidagi Axsikentko’I, Damko’l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudochye, Ziyko’l, Ulug’sho’rko’l, Abilkoi, Oqko’l, Bo’ztovko’l va boshqalar. Bu ko’llar kichik bo’lib, ular suv yuzasining maydoni bir necha yuz gektardan bir necha kv. km gachadir.  O’zbekistonda sun’iy suv havzalari — suv omborlari ham ko’p. Ularning eng muhimlari Tuyamo’yin, Chordara. Qayroqqum, Chorvoq, Kattaqo‘rg’on, Tuyabo’g’iz va boshqalardir. Bu suv omborlari, asosan, daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to’plab, yozda ekin dalalariga berish maqsadida qurilgan. Yerosti suvlari 0‘zbekistonning muhim tabiiy boyligidir. Respub­likamiz hududida ularning katta zaxirasi mavjud. Respublikamizda yerosti suvlarining tarqalishi joymng geologik tuzilishi, relyefi, iqlim xususiyatlari va daryolarga bog’liq. Yerosti suvlari — grunt (sizot suvlari), artezian (qatlamlar orasidagi) suvlaridan va mineral suvlardan iborat. Artezian suvlari ko’pincha toza va chuchuk bo`ladi.  Grunt suvlari yer betiga yaqin joylashgan paytda ular buloq bo’lib oqib chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Grunt suvlari yog’inlar, daryo, ariq, ko’l, suv omborlarining suvi yerga sizilishidan hosil bo’ladi.
 Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo’lib, bosimli va bosimsiz bo’ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko’proq botiqlarda to’planadi va bosim ostida bo’lganligi sababli otilib chiqadi. Bunday suvlar artezian suvlari deyiladi. Qatlamlar orasidagi suv grunt suviga qaraganda toza, chuchuk va tiniq bo’ladi. O’zbekistonda bir qancha artezian havzalari bo’lib, ularning eng muhimlari Farg’ona. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodivlarida. Mirzacho’l-Toshkent botig‘ida, Qizilqum va Qarshi cho’llarida joylashgan.
  Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasidagi 1500-3000 metr chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan. Bu suvlarning harorati 40°-70"C ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota vodorod sulfid, yod, brom, litiy, bariy va h. k.) bor. So’nggi yillarda O’zbekistonda 60 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. Bularning eng muhimlari Toshkent, Chortoq, Farg’ona, Chimyon. Jayronxona, Oltianq va boshqa mineral suvlaridir.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Nega ko’z yoshi sho’r bo’ladi?

Ko‘z yoshi achchiq ham, shirin ham bo‘lishi mumkin, lekin hamisha sho‘rligi aniq. Bolalikda o‘zingiz ham bir necha marta ko‘z yoshini yalab ko‘rganingizga iqror bo‘ling.      Aslida organizmimizdagi hamma suyuqlik andak sho‘r bo‘ladi. Shunchaki buni tekshirib ko‘rgimiz kelmaydi. Aslida qon ham, ter ham, peshob ham sho‘r bo‘ladi. Oddiy tuz, ya’ni natriy xloridi - tanamizning asosiy tarkibiy qismlaridan biri.    Qiziq bir savol tug‘iladi: nima uchun sho‘r yosh ko‘zimizni achitmaydi? Mabodo ko‘zimizga bir tomchi namakob yoki dengiz suvi tushsa bormi, qattiq achiydi. Hamma gap shundaki, ko‘z yoshi tarkibida natriy xlorid kontsentratsiyasi 1%ni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: dengiz suvida u 3% oshiq. Shuningdek, suvda eritilgan tuz ko‘z uchun hatto qulaylik yaratadi, uni ortiqcha namlanish va qurib qolishdan asraydi.

Kuchuklar haqida keng tarqalgan 7 ta afsona

Kuchuklarni bekorga odamning eng yaqin do’stlari deb atashmaydi, axir ular ko’pgina ming yilliklar davomida bizning oldimizda bizga yordam berib, qo’llab quvvatlab va shunchaki turmush hayotimizni ranglarga to’ldirib yashashadi.  Ko’pgina itboqarlar ta’kidlashlaricha, bu uy hayvonlari bilan suhbatlashish bebahodir, ularning boshqa musbat tomonlari ya’ni uyni qo’riqlash haqida gapirmasak ham bo’ladi. Tabiiyki, bu o’tkir tishli ajoyib jonzotlar bilan bog’liq yolg’on va bo’lmag’ur afsonalar bu kabi uzoq vaqt davomida paydo bo’ldi va qattiq o’rnashib oldi. Va eng qayg’ulisi shundaki, bu afsonalar bizning miyamizda munozarasiz faktlar tariqasida joylashib olgan. Ulardan qaysilari eng keng tarqalgani ekan?  1. Kuchuklar ranglarni ajrata olmaydi Qandaydir tushunarsiz sabablarga ko’ra, kuchuklar bizning dunyomizni oq-qora ranglarda ko’radi deb hisoblanadi. Bu afsona juda uzoq vaqt davomida bo’lgan (va hozir ham bor), ammo tadqiqotlar buning aksini ko’rsatgan. Fakt: Kuchuklar