Xorij ommaviy axborot vositalari rossiyalik Anastasiya Knyazevani dunyodagi eng chiroyli qizaloq deya tan olib, uning ko’zlariga “Farishtalar nigohi” deb ta’rif berishdi. Nastya endigina 6 yoshga to’lganiga qaramay modellik faoliyatida anchagina yutuqlarga erishib ulgurgan.
Bundan avvalroq “Eng chiroyli qizaloq” unvoni fransiyalik Tilan Blondo va rossiyalik Kristina Pimenovaga tegishli bo’lgan.Qizaloqning onasi Anna ham bir vaqtlar model bo’lib ishlagan va ayni paytda Instagramda Nastya haqidagi sahifani olib boradi. Mazkur sahifaga yarim million kishi a’zo bo’lgan.
Комментарии
Отправить комментарий