Siz noma'lum tezlikda aylantiradigan, tutqichlarni arang ushlagan holda havoda uchadigan, katta metall sharga tushgan bo'larmidingiz? Ha deysizmi? Unda Siz dunyodagi eng xavfli attraksion-Tagadada uchib ko'rishingiz kerak.
Tagada Amerika attraksionlari kabi tez va mashhur emasdir, lekin u juda xavfli. Ularda uchganingizda hayajon bilan baqirasiz va shu bilan birga sizga hech narsa bo'lmasligini, o'rindiqdan otilib chiqishingiz mumkin emasligini ham tushunasiz. Buning uchun barcha xavfsizlik choralari ko'rilgan bo'ladi, siz kamar bilan o'rindiqqa mahkam bog'lab qo'yilasiz. Tagadada esa hammasi aksincha. Limitlarning umuman yo'qligi jismoniy jarohat olish ehtimolini kuchaytiradi. Lekin aynan shu narsa bu attraksionni ekstrimal sevuvchilar orasida mashhur qilgan. Tagada ulkan metall sharga qilingan bo'lib, uning ichi yumshoq o'rindiq va uchish paytida yiqilib ketmaslik uchun metall tutqichlar bilan jihozlangan.
Musiqa qo'yilganidan keyin shar aylanishni boshlaydi va operator gidravlik joystik pulti yordamida maxanizmni tepaga ko'tarib, pastga tushirib yoki musiqa ritmiga mos ravishda boshqaradi. Bu yerda hech qanday xavfsizlik kamarlari, cheklashlar yo'q, faqatgina yonboshlarda qo'li bilan ushlab turishi uchun metall tutqichlar o'rnatilgan. Agar ularni qo'yib yuborsa, yonidagi odamga, attraksionning metall qismlariga urilib ketadiganday yoki eng yomoni attraksiondan umuman otilib chiqadiganday tuyiladi. Ba'zi davlatlarda masalan, AQSh va Avstraliyada Tagada juda xavfli attraksion hisoblanadi. Bu davlatlarda qo'l bilan boshqariladigan tizimlar qonun bilan taqiqlab qo'yilgan. Bu attraksion Yevropada, ayniqsa, Buyuk Britaniya va Shvetsariyada mashhur. Lekin oxirgi 10 yil mobaynidagi olingan jarohatlar tufayli u xavfsizroq sistemali, yaxshiroq versiyada ishlab chiqildi. Osiyo davlatlarida jumladan Janubiy Koreya va Birmada haligacha ishlaydigan bu kabi attraksionlar haqida nima ham deysiz?

Britaniyadagi Tagada operatorining bergan ma'lumotiga ko'ra, Tagada quyidagi holatlarda xavfli bo'lishi mumkin. Odamni o'rindiqdan sharning o'rtasiga tashlab yuborishadi. Uncha tez aylanmaydigan polda odam bu holda o'zining tanasini nazorat qilolmaydi. Aynan shu narsa platformaning elementlari bilan va hatto boshqa odamlar bilan xavfli to'qnashuvlarga sabab bo'ladi.
Bloger Vogukin (Waegukin)ning ta'kidlashicha, Koreyadagi attraksionning uchishi faqatgina uning aylanish tezligi bilan emas, balki operatorning yovuzligi bilan ham ajralib turadi. Ba'zida sizni sekin va bir maromda aylantirishlari mumkin, ba'zida esa 10 daqiqa tinmasdan odamlarni tepaga pastga ag'darib tashlaydi. Vogukin o'z sahifasida yozishicha, Tagadani boshqarish tizimi bo'yicha biror qoida va cheklashlar borligini tushunolmaydi, lekin bu yerda hech kim bu haqida o'ylab o'tirmaydi va odamlar bunday boshqaruv tizimida o'rindiqlaridan tez-tez ag'darilib ketadi.
Комментарии
Отправить комментарий