К основному контенту

Internet va yoshlar

XX-asrning ohirlarida “Internet boom” nomini olgan hodisa Yer aholisining hayot turmushini material dunyodan vizual, elektron hayot turmushiga aylantira boshladi. Hamma bu yangi toyfadagi ish yuritish tipini qabul qilishmadi, holbuki yoshlar bu yo’nalishda ishini olib borish usulining unumdoiligini sezgach Internet olamidan foydalana boshladi. Bugungi kunga kelib Internet nafaqat yoshlar balkim barcha yosh toifala a’zolarining kundalik hayotida eng muhim ahamiyat kasb etayotgan ashyo deb hisoblasaymiz. Lekin uning ommaviyligi va boshqarib bo’lmasligi tufayli undan to’gri va notog’ri foydalanish hisobidan “Ommaviy madaniyat” tushunchasi hayotimizga kirib keldi va bugungi kunga kelib qariyb 20 million O’zbek abonentlari deyarli ha’r kuni Internetdan foydalanishadi, shu sababdan “Ommaviy madaniyat” ko’plagan tok-shoular, muhokamalar bosh mavzusi bo’lmoqda.

Bu muammoning kelib chiqshi 1996-yildan boshlab o’rganilib kelinmoqda va Internetga bog’lanib qolmoq “Internetdan foydalanish sababidan Ijtimoiy va professional faoliyat pasayishi” deb tushuntirildi. Albatta, yoshlar orasida buni kasallik deb atash uchun klinik asoratlar yoq.  Eng achinarlisi, bu yo’nalishda ustida deyarli hech qanday amaliy rejalar ko’rib chiqilmayapti. Zero, Global tarmoq yoshlar onginiga ta’sir etish uchun eng kuchli manbai hisoblanadi. Ularni tortadigan narsa bu Illiyuziya, o’zi xohlagan dunyoda yashash, real hayotdan biroz bo’lsada chekishdir. “Internet bu yomon, undan foydalanmanmang” deyaversak buning aksi, yani qilma dep aytgan nasihatni qilip ko’rish harakatida bo’ladi. Bu holat sociologlarning katta e’tiborini tortmoqda.  Buning sabablarini ko’rib chiqamiz:
·        Birinchidan Internetga bog’lanib qolish yoshlarning soatlab “Ekranni siypalash” bilan o’tkazishi, o’z qilishi kerak bo’lgan vazifalaridan chalg’ishi, chunki kompyuter va tarmoqdan foydalanish imkoniyatlari tugamaydi va kengayib boraveradi
·        Psixologik muammolar. Hozirda blogger bolish va Internet sayti ochish solishtirarli darajada o’zgargan va juda oson tusga aylangan, va bu say va blog egalarining o’ngi har turli. Bloggerlar tavsiyalari, Internet yulduzlari tomonidan beriladigan tavsiyalarni yoshlar ko’ngliga yaqin tutishi mumkin lekin “Besh barmoq birdek emas”.
·        Ikkinchi muammo, uchinchi, global muammoga olib keladi. Turli yod va g’arazli fikrlaydigan ayrim insonlar, “Inernet immuniteti” toliq shakllanmagan yoshlarni o’z tarafiga o’tkazishidir. Bu odamlar juda ha’m kuchli psixologlar va hattoki intellektual rivojlangan yoshlarni ha’m o’z tarafiga og’dirishi mumkin.

Yoshlardan Internetni kuniga necha soat foydalanishini 100 yosh yigit va qizlardan sorovnoma tashkillashtirdik. So’rovnoma analizlanganidan so’ng

·        37 yoshlar Internet va ijtimoiy tarmoqlardan kuniga kamida 5 soat
·        21 kamida 4-soat
·        19 kamida 3 soat
·        23 kamida 2 soat foydalanishi aniqlandi.

Lekin Internetni yoshlarning bu kabi notog’ri hatti-harakatliriga ayblashning o’zi notog’ri. Ko’p odamlar, Internet odamning ko’z oldida imkoniyat eshiklarini ochadi deb aytishadi. Har xil millat, kasb, ko’z-qarashlar egalari soniyalar ichida ma’lumot almashishi ta’minlanadi. Tezlik, unumdorlik va qo’laylilik bizning vaqtimizni va harajatimizni asraydi.
Internet oladimdan biz yoshlar qanday foydalana olamiz? Albatta buning yo’llari juda ko’p. Xohlasangiz, zarur bo’lgan tarixga oid malumotni yuklash mumkin yoki xohlagan kitobni elektron tarzda yuklab olish esa ko’plagan o’quvchi va talabarga qo’l kelmoqda. Ammo, aynan zarurligi, foydaliligi va ishonchliligi tarmoqning ziyon taraflaridan asrab qoladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning o’zlari ha’m Internet sohasini jadal rivojlantirish va keyingi yillarda uning tezligini kamida 4 baravariga oshirilishi lozimligi ta’kidlaganidan bilsak bo’ladi, Internet, bizning, yoshlarning hayotida eng muhim rol o’ynaydigan tarmoq, va bu yo’nalishda nir qator islohotlar oldida turibmiz.

Islam Uzakbergenov

Комментарии