“Yangi
yilni qanday kutib olsang, yilni ham shunday o’tkazasan” degan iborani eshitgan
bo’lsangiz kerak. Ammo oramizda barcha ham o’tayotgan yilning oxirgi kunida
nimalar qilish mumkin emasligini bilmaydilar. Mazkur kunda amalga oshirilgan
xatolar esa kelayotgan yil davomida inson hayotida aks etib turaveradi. Kelayotgan
2018 yil sharqona taqvim bo’yicha Sariq kuchuk yili bo’lib, ushbu jonivor
o’zining sodiqligi, barqarorligi va quvnoqligi bilan ajralib turadi. U pul
ortidan quvmaydi, ammo dunyo yanada mehrga to’la va yaxshiroq bo’lishini
istaydi. Shu sababli barchaga yaxshilik istovchi jonivor yilini kutib olishga
doir odatlar va yangi yil arafasida qilish mumkin bo’lmagan ishlar ro’yhati
bilan tanishib olgan zarar qilmaydi.
Albatta,
yangi yilni pijamada, divanda yotib olgancha kutgan qulayroq, ammo bayramona
libos haqida ham unutmaslik kerak. Libosingiz toza, dazmollangan va tantanaga
mos bo’lsin. Aks holatda kelgusi yilda kambag’allik bilan to’qnashish ehtimoli
ortadi.Aynan shu sabab bilan bayram stolida uchgan va darz ketgan idishlarni
qoldirib bo’maydi, yaxshisi ularni tashlab yuboring. Bayram dasturxonidagi
taomlarning ham juda kam bo’lishi pul bilan bog’liq qiyinchiliklarni boshlab
kelishi mumkin. Buning uchun bir qozon ovqat tayyorlashingiz shart emas.
Yeguliklar oz miqdorda bo’lsa ham har-xil bo’lishi kerak.
Buzilgan
buyumlarni ham bayram arafasida uyda qoldirib bo’lmaydi. Agar tasodifan idish
yoki archa o’yinchog’ini sindirib qo’ysangiz, uning bo’laklarini uyingizdan
chiqarib tashlang. Bu sizni kelgusi yildagi ko’ngilsizliklardan himoya qiladi.
Rakovinada yig’ilib qolgan idishlarni ham Yangi yil kirib kelishiga yaqin
yuvmaslik kerak. Agar kelgusi yili hayotingizda yoqimli voqealar sodir bo’lishi
va xursand bo’lib yurishni istasangiz ularni ertangi kun yuvib qo’yasiz. Yangi
yil kechasida hech kim bilan baxslashmang, birovni aldamang va urushmang. Aks
holda ushbu janjallar sizni kelgusi yil davomida ham ta’qib qiladi va hayotingizda
yangi dushmanlar paydo bo’ladi.
Agar
uyingizga kutilmagan mehmonlar kirib kelsa, ularni mehmon qilish fikridan voz
kechmang. Rad javobi “Kuchuk”ni g’azablantiradi va kelgusi yilingiz janjal
hamda kelishmovchiliklar bilan to’lib ketadi. Bayram chog’ida do’st va
tanishlaringizdan qarz olmaslikka harakat qiling. Shu orqali omadni pullar
bilan birga berib yubormaysiz, o’zingizda ushlab qolasiz. Yangi yil uchun
avvaldan tilak o’ylab qo’ying. Uning amalga oshishiga muhim oltin qoida bor:
Tilagingizda “ma” qo’shimchasi ishlatilmasligi kerak (“Kasal bo’lMAy, hech kim
bilan urushMAy, ishsiz qolib ketMAy” kabi).
Комментарии
Отправить комментарий